So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonada homilador ayol erining mashinasida oʻzini yoqib yubordi
Tez-tibbiy yordam boʻlimi xodimlari tomonidan avtomashina salonida boʻlgan marhuma M.X.ning yongʻin natijasida tugʻilgan oʻgʻil bola hayoti saqlab qolingan. Biroq...
Fargʻona shahrida er mashinada oʻtirgan turmush oʻrtogʻini yoqib yubordi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar boʻyicha Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov bayonot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil 24-yanvar kuni soat taxminan 19-00 larda fuqaro M.U. “Matiz” rusumli avtomashina boshqaruvida homilador turmush oʻrtogʻi (sharʼiy nikoh asosida) 1987-yilda tugʻilgan M.X.ni shifoxonadan yashash xonadoniga olib ketayotgan vaqtida, turmush oʻrtogʻi uni rashq qilgan holda ogʻzaki janjallashib kelgan.
M.U. turmush oʻrtogʻi bilan gaplashib olish maqsadida, avtomashinani Fargʻona shahridagi “Neftchi” stadioni roʻparasida toʻxtatgan.
Shu vaqtda, avtomashina orqa oʻrindigʻida oʻtirgan M.X. (ayol) oʻzi bilan uyidan olib chiqqan plastmassa idishdagi “benzin” yoqilgʻisini dastlab turmush oʻrtogʻi M.U.ni, keyinchalik esa oʻzini va avtomashina saloni ichiga sepib, yoqmoqchi boʻlgan.
Turmush oʻrtogʻining ushbu harakatidan qoʻrqib ketgan M.U. avtomashinadan tushib, tashqariga qochgan vaqtda M.X. yondirgich (zajigalka) bilan oʻzini va avtomashinani yoqib yuborgan.
Chaqiruvga asosan hodisa joyiga yetib kelgan Fargʻona viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yongʻin tezkorlik bilan oʻchirilib, tez-tibbiy yordam boʻlimi xodimlari tomonidan avtomashina salonida boʻlgan marhuma M.X.ning yongʻin natijasida tugʻilgan oʻgʻil jinsli chaqalogʻini hayoti saqlab qolingan. Biroq, shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloq shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “b” bandi (Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.