So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Prezident qarori. Ichki ishlar organlari xalqchil tuzilmaga aylantiriladi
Hujjat bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlangan.

2023-yil 20-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.
Prezident qarori ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, oʻzaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.
Hujjat bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlangan.
Har bir xodim mazkur kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilishi, ularga qatʼiy va soʻzsiz amal qilishi majburiy etib belgilangan.
Kodeks qoida va talablariga amal qilmaslik yoki ularni qoʻpol ravishda buzish xodimni ichki ishlar organlaridan xizmatdan boʻshatishgacha boʻlgan intizomiy jazo chorasini qoʻllash uchun acoc boʻladi.
Taʼkidlanishicha, kodeksda belgilangan qoida va talablar ichki ishlar organlarida sodir etilishi mumkin boʻlgan nojoʻya xatti-harakatlar, suiisteʼmolchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish, huquq-tartibot tizimi obroʻyiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslikka yoʻnaltirilgan.
Xodimlar ishga qabul qilingan kundan, egallab turgan lavozimi hamda bajaradigan ishining xususiyatidan qatʼi nazar ushbu kodeksga birday rioya etishga majburdir.
Bundan tashqari, ushbu qaror bilan IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti toʻgʻrisidagi nizom, ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning Yoʻl xaritasi tasdiqlangan.
Davlat rahbari tomonidan “Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilinishi ortidan prezidentning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi belgilangan.



