Qidirish

23:03 / 2023-01-23 2319 1 Siyosat

Gʻazab “otiga mingan” Erdogʻan Shvetsiyaga jiddiy murojaat yoʻlladi

Islom diniga qarshi amalga oshirilgan provokatsiya Turkiya prezidentining jahlini chiqardi.

world-news

Shvetsiya Turkiyaga va Islomga qarshi harakatlardan soʻng NATOga aʼzo boʻlishda Turkiyaning yordamini kutmasligi kerak, dedi Prezident Rejep Toyyip Erdogʻan hukumat yigʻilishidan keyin xalqqa qilgan murojaatida.

“Siz terrorchilarni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqdasiz va NATOga aʼzo boʻlish uchun qoʻllab-quvvatlashni kutyapsiz. Shvetsiya rahbariyati bizdan yordam kutmasligi kerak”, — dedi Erdogʻan.

Erdogʻanning soʻzlariga koʻra, bunday provakatsiya uyushtirganlar oʻz qilmishlari uchun javob berishi kerak. Qayd etish kerak, Daniyaning oʻng qanot ekstremistik partiyasi rahbari Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida islomga qarshi provokatsiya uyushtirdi.

Oʻsha kuni Turkiya TIV voqeani terror tashkilotlari tashviqotining oldini olish boʻyicha Shvetsiya tomonidan imzolangan uch tomonlama memorandum majburiyatlarini ochiqdan-ochiq buzish deb atadi.

Diplomatik departament, shuningdek, Stokgolmda Qurʼonning yoqib yuborilishi Yevropada islomofobiya, irqchilik va kamsitish darajasidan dalolat berishini qayd etdi.

Shundan soʻng Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar shved hamkasbi Pol Jonsonning 27-yanvar kuni mamlakatga tashrifi bekor qilinganini maʼlum qildi.

Ikki hafta oldin Anqara ham Shvetsiya parlamenti spikeri Andreas Norlenning tashrifini bekor qilgan edi. Bu Stokgolmda taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi tarafdorlari Erdogʻanni haqoratlaganidan keyin sodir boʻldi. Anqara bosh prokuraturasi mazkur holat yuzasidan jinoiy ish ochgan.

Eslatib oʻtamiz, Finlyandiya va Shvetsiya 2022-yil 18-may kuni Ukrainadagi voqealar fonida NATOga aʼzo boʻlishga qaror qilishdi.

Ularning arizalari allaqachon alyansning 28 davlati tomonidan maʼqullangan, biroq Vengriya va Turkiya ularni ratifikatsiya qilmagan.

Anqara Stokgolm va Xelsinkidan PKKni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishni va Turkiyada terrorizmga aloqador deb topilgan faollarni ekstraditsiya qilishni talab qilmoqda.

Turkiya rasmiylari bu vaʼdalar bajarilmas ekan, shimoliy davlatlarning NATOga qabul qilinishida hech qanday taraqqiyot boʻlmasligini bir necha bor taʼkidlagan.

Izohlar 1

Набижон Нуруллаев
2023-Jan-24 18:37
Узбекистон томони бетарафликни ушлаб турибдими хали хам?
Fikr bildirish