So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mexriddin Xayriddinov Bosh vazir maslahatchisi lavozimidan ozod qilindi
Faoliyatini oʻqituvchilikdan boshlagan Xayriddinov boshqa ishga oʻtishi kutilmoqda.
Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq Mexriddin Akmalovich Xayriddinov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamentining boshligʻi lavozimidan ozod etildi.
Eslatib oʻtamiz, Mexriddin Xayriddinov ushbu lavozimga 2020-yil tayinlangan edi.
Mehriddin Xayriddinov — 1977-yilda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. 1999-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini ona viloyatidagi umumtaʼlim maktabida oʻqituvchilikdan boshlagan, keyinchalik Navoiy kon-metallurgiya kombinati muhandis, tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi elchixonasi va Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida yetakchi mutaxassis lavozimlarida ishlagan. 2017-yilda Oʻzbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli, keyin esa Moskvadagi elchixonaga tayinlangan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir