So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda havoning ifloslanishiga nima sabab boʻldi?
AQI reytingida Toshkent shahri 23-yanvar kuni soat 7:00 - 9:00 oraligʻida 317-koʻrsatkich bilan birinchi oʻringa koʻtarildi. Tabiat resurslari vazirligi mazkur holat boʻyicha munosabat bildirdi.
Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanish holati boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, respublika hududi boʻyicha makrosinoptik, shu jumladan Toshkent shahri ham antitsiklon periferiyasi taʼsirida qolmoqda.
Mazkur jarayon atmosferaning yer sirtiga yaqin quyi qatlamida havoning quyosh botishi va chiqishidan soʻng radiatsion sovushini keltirib chiqaradi. Bu esa havoda suv bugʻlarining toʻyinishi, qalin tuman va bulduruq hodisalariga sabab boʻlgan.
Havodagi suv bugʻlari harorat -100S...-150S oraligʻida muz parchalariga aylanib, mayda dispers zarrachalar koʻrinishida havoda xiralikni yuzaga keltiradi. Shu bilan birga shamol omilining yoʻqligi esa havoda koʻrinuvchanlikni pasaytirib yuboradi.
Ayni vaqtda Toshkent shahridagi atmosfera havosining pastki qatlamida (100-150 metrgacha) harorat inversiyasi (havo haroratining balandlikka qarab ortib borishi) vujudga keldi.
Harorat inversiyasi – havoni vertikal harakatlariga toʻsqinlik qiladi, natijada mayda zarrachali (PM 2,5) ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi oshib borishiga sabab boʻladi.
Shu bilan birga, tuman va bulduruq hodisalari taʼsirida PM 2,5-mayda dispers zarrachalarining ortishi oʻlchov vositalarida aniqlanib, AQI reytingida Toshkent shahri 23-yanvar kuni soat 7:00 - 9:00 oraligʻida 317-koʻrsatkich bilan birinchi oʻringa koʻtarildi.
Ayni damda havo haroratining koʻtarilishi natijasida tuman, bulduruq hodisalari chekinib, havoning mayda zarrachalar bilan ifloslanishi pasaymoqda.
“Ushbu jarayonda atmosfera havosining zararli ifloslantiruvchi moddalar (CO, SO2, NH3, chang) bilan ifloslanish holati ruxsat etilgan meʼyoriy miqdorlardan ortmagan.
Avtotransport harakati natijasida azot ikki oksidi miqdori 0,2-0,3 marotaba ruxsat etilgan meʼyoriy miqdorlardan ortgani qayd etilib, ushbu koʻrsatkich yuqori darajadagi ifloslanish hisoblanmagan holda inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi”, — deyiladi munosabatda.