So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
IIO xodimlariga soʻz erkinligidan foydalanish qisman cheklanmoqda
Sobiq deputat kodekning soʻz erkinligini cheklash bilan bilan bogʻliq qismini Konstitutsiyaviy sud va boshqa masʼul idoralar qayta koʻrib chiqishni tavsiya qildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilish, mamlakatda, shu jumladan, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini keltirishi mumkin boʻlgan noxolis, subyektiv materiallarni joylashtirish taqiqlanmoqda. Bu haqda sobiq deputat Rasul Kusherbayev xabar bermoqda.
“Bu fuqaro sifatida ichki ishlar xodimlariga nisbatan qisman soʻz erkinligining cheklanishi, deyish mumkin. Chunki Konstitutsiya har kimga axborot,soʻz va fikr erkinligini kafolatlaydi, ju jumladan IIO xodimlariga ham.
Shundan kelib chiqib, IIO xodimi ham soliq toʻlovchi, saylovchi, fuqaro sifatida mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilishi, fikrini bildirishi mumkin.
Biroq yangi tasdiqlangan "Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi"da Konstitutsiyaning ushbu talablari inobatga olinmagan”, — deb yozdi Kusherbayev.
Kodeksda shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlariga ijobiy maʼnodagi bir qator taqiqlar qoʻyilmoqda.
Xususan xodimlarga:
xizmat majburiyatlarini bajarish va xizmat vaqtida yohud xizmat kiyimida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish;
mansab vakolatlarini siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va ularning organlari manfaatlari yoʻlida amalga oshirish;
tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida yoki uning nomidan bu sohada qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, oʻzi tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi ostida daromad olishga qaratilgan faoliyat bilan shugʻullanish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarish;(bundan AJlarining erkin muomalada boʻlgan aksiyalariga egalik qilish mustasno).
xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovgʻalar hamda har qanday koʻrinishdagi moddiy boyliklarni olish yohud ularning xizmatlaridan foydalanish;
xizmat faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlarni oila aʼzolari, tanish-bilishlari yoki xizmatga aloqador boʻlmagan boshqa shaxslar bilan muhokama qilish taqiqlanadi.
“Kodekning soʻz erkinligini cheklash bilan bilan bogʻliq qismini Konstitutsiyaviy sud va boshqa masʼul idoralar qayta koʻrib chiqishi kerak”, — deb hisoblaydi sobiq deputat.
Izohlar 2
Murodbek boltaboyev
2023-Jan-22 23:08Bazarov Sherali
2023-Jan-23 00:25Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir