So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Jizzaxda mahalliy hokimiyat organlarining raqobatga zid qarorlari bekor qilindi – Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
Jizzax viloyati mahalliy hokimiyat organlarining raqobatga zid qarorlari bekor qilindi, deya xabar bermoqda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi.
Maʼlum qilinishicha, qoʻmitaning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 9 oyi mobaynida Jizzax viloyatining 12 tuman va shahar hokimliklari hamda 3 nafar mahalliy davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan 7706 ta qaror, 2203 ta farmoyish, 216 ta ichki yigʻilish bayonlari, 33 606 ta chiqish xatlar, 925 ta buyruq, jami 44 656 ta xuquqiy-normativ hujjatlar xatlovdan oʻtkazilgan.
Oʻrganish jarayonlari “ex-post” usulida oʻtkazilgan boʻlib, jami 64 ta xujjatlarda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari buzilganligi aniqlangan. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktyabrdagi 225-sonli qarori va tasdiqlangan Nizomning tegishli bandlariga asosan hokimliklar va mahalliy davlat boshqaruvi organlariga ish qoʻzgʻatilgan.
Hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tegishli qarorlariga asosan qabul qilingan hujjatlarni qonunga muvofiqlashtirish yoki bekor qilish hamda kelgusida bu kabi qonun buzilish holatlarini oldini olish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.
Koʻrsatmaga asosan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilgan jami 64 ta, tuman (shahar) hokimliklarining 7 ta qarori bekor qilindi, 15 tasi qonunga muvofiqlashtirilgan, 9 ta farmoyishi hamda 6 ta chiqim xatlar ijrosi 27 ta ijro xarakteriga ega boʻlgan xatlari ijrosi tugatilib, bekor qilingan.