So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Zelenskiy giyohvand moddalariga mukkasidan ketgan narkoman” — Ukrainalik prodyuser
Mashhur prodyuser Ukraina prezidentini giyohvand moddalarini isteʼmol qilishda aybladi.
Ukrainalik prodyuser “Quest Pistols” va “Qoʻziqorinlar” guruhlari asoschisi Yuriy Bardash “Otkrovenno s Tatarkoy” loyihasiga bergan intervyusida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy giyohvand moddalarni isteʼmol qilgani haqida dalillar borligini aytdi.
“Dalillar bor, yigʻilishlarda, ziyofatlarda qatnashayotgan odamlar bor, bu 95-kvartal. Menimcha, buni isbotlashning ham hojati yoʻq. Men koʻp narsani boshidan oʻtkazgan, koʻpni koʻrgan odamman.
Giyohvand moddalar bilan hech qachon shugʻullanmagan odam tushunmasligi mumkin. Ammo Giyohvand moddalari bilan shugʻullangan odam uning (Vladimir Zelenskiyning) yuz ifodalaridan barchasini tushunib oladi”, — dedi Bardash.
Uning soʻzlariga koʻra, Zelenskiy toʻxtovsiz giyohvand moddalarini isteʼmol qiladigan narkomanga oʻxshaydi.
“Menimcha, ular Zelenskiyni oʻlib qolmasligi uchun qoʻllab-quvvatlayaptilar. Uning sogʻligʻi shifokorlar tomonidan doimiy nazoratda boʻlsa kerak. Eʼtibor bering, uning qovoqlari osilgan, u giyohvand moddalariga mukkasidan ketgan narkomanga oʻxshaydi. Buni dardli yuzi ham koʻrsatib turibdi.
U oʻz xalqi haqida qaygʻuradimi? Artist doim oʻzini oʻylaydi. Zelenskiy esa toza </em><em>artist. Agar u oʻz xalqi haqida qaygʻurganida, hozir 400 ming odam oʻlmagan boʻlardi”, - dedi prodyuser.
EA Dailyʻning xabar berishicha, Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova avvalroq Ukraina prezidenti Zelenskiy uzoq yillardan beri giyohvand moddalarni isteʼmol qilganini aytib, AQSH Davlat departamenti eʼtiborini shu faktga qaratgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir