So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Umurzoqov gaz taʼminotidan uzilgan issiqxonalarni 1 kun ichida qayta ulashni topshiriq berdi
Prezident adminstratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov boshchiligida oʻtayotgan yigʻilishda tadbirkorlar muammosini qisqa vaqt ichida hal qilishni topshiriq berdi.

Yigʻilish davomida issiqxona egalari boʻlgan tadbirkorlar ham tinglandi. Ular oʻzlarini qiynayotgan muammolar, faoliyatidagi ogʻriqli masalalar va ular yuzasidan oʻz takliflarini bildirishdi.
Maʼlumki, mavsum paytida issiqxonaning har bir kuni oʻta muhim boʻladi. Bu nafaqat oʻsha tadbirkor uchun, balki Oʻzbekiston oziq-ovqat taʼminoti va xavfsizligi uchun ham juda ahamiyatli.
Maʼlum boʻlishicha, “Hududgaztaʼminot” AJ 700 gektardagi 268 ta issiqxonani tabiiy gazdan uzib qoʻygan. Buning oqibatida 70 ming tonna hosil, 30 million dollarlik eksport yoʻqotilishi, eng asosiysi gazdan uzilgan issiqxonalarda band boʻlgan 10 mingga yaqin aholi ishsiz qolishi mumkin.
Shuni inobatga olib, Energetika vazirligiga gaz taʼminotidan uzilgan barcha issiqxonalarni 1 kun ichida gaz bilan qayta taʼminlash topshirigʻi berildi.
Shuningdek, Hisob palatasiga tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda mazkur holat yuzasidan “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy boshqarma boshliqlari harakatiga huquqiy baho berish, agar ularning harakatida jinoyat alomatlari aniqlansa, qonuniy tartibda javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqish yuzasidan topshiriq berildi.
Oʻz navbatida yigʻilishda issiqxonalarni muqobil energiya (koʻmir)ga oʻtkazish masalasi ham muhokama qilindi. Soʻzga chiqqan tadbirkorlarning barchasi issiqxonalarni koʻmir orqali isitishga oʻtish maʼlum vaqt talab etishi, buni avval har tomonlama oʻrganib chiqish, sinchkovlik bilan sinovdan oʻtkazish, tijoriy tomonlarini hisob-kitob qilish zarurligini taʼkidladi.
Mazkur masala yuzasidan ishchi guruh tuzilib, tegishli mutaxassislar va tadbirkorlar bilan birgalikda holatni batafsil oʻrganib chiqish yuzasidan topshiriq berildi.
Bunda ishchi guruh har bir issiqxona kesimida ularning moliyaviy ahvolini oʻrganib chiqib, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan aniq asoslangan takliflar tayyorlaydi.
Oʻz navbatida issiqxona yurituvchi tadbirkorlarga oʻz hosillarini nes-nobud qilmasdan yetishtirib olishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida 1 kun ichida tegishli manbalardan moliyaviy mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir