So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Ortiqxoʻjayevning masalasi koʻrib chiqilishi kutilmoqda
Hozirda Jahongir Ortiqxoʻjayev poytaxt kengashi deputati va senatorlik lavozimini saqlab qolmoqda.
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasiga chaqirish haqida qaror qabul qildi.
Qarorda deputatlar ixtiyoriga Toshkent shahar hokimining shaharni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish holati, 2022-yilgi davlat dasturi ijrosi, mahalliy byudjetning 2023-yildagi qoʻshimcha manbalarini harajatlarga yoʻnaltirish haqidagi masalalar bilan birga ochiqlanmagan boshqa masalalar ham koʻrib chiqilishi taklif etilgan.
Sobiq deputat Rasul Kusherbayevning maʼlum qilishicha, katta ehtimol bilan kun tartibidagi boshqa masalalar qismida deputatlar sobiq hokim Jaxongir Ortiqxoʻjayevning Kengash raisligi, deputatligi va daxlsizligi masalalarini koʻrib chiqishadi.
“Deputatlardan sogʻlom aql va masʼuliyat bilan qaror qilishlarini kutib qolamiz”, — deb yozgan Kusherbayev.
Qayd etish kerak, Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev poytaxt kengashi deputati va senatorlik lavozimini, parlament yuqori palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi hamda Kengashning rahbarlar zaxirasini shakllantirish, tanlash, lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish boʻyicha komissiyasi aʼzosi boʻlib qolmoqda.
Qonunchilikka koʻra, senator va kengash deputati vakolat muddati davomida daxlsizlik huquqiga ega. Eslatib oʻtamiz, Prezident oʻtkazgan yigʻilishda Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror oʻrinbosari E.Yuldashev shahar prokurori etib tayinlangan edi.