So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Inoyatov bir nechta masʼullarni jazoladi
Sogʻliqni saqlash vaziri tanqidiy ruhda yigʻilish oʻtkazdi.
Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Respublika tez tibbiy yordam markazida mazkur tizim faoliyatiga bagʻishlangan tanqidiy yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, videoselektor shaklidagi ushbu majlisda vazirlik masʼullari, Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallari rahbarlari, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari bosh shifokorlari hamda “103” xizmati xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda vazir tomonidan soʻnggi paytlarda “103” avtomashinalari ishtirokida tez-tez yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlayotgani, bunga ayrim haydovchilarning maxsus avtotransport vositalarini boshqarishdagi malakasi yetishmayotgani sabab boʻlayotgani taʼkidlandi. Shu bois ularning malakasini oshirish boʻyicha alohida kurslar ochish va maxsus avtodromlar tashkil etish lozimligi aytib oʻtildi.
Qolaversa, tizimda korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, xususan, “Tez yordam” xizmatiga haydovchilarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish kerakligi alohida qayd etildi. Bu borada kamchilikka yoʻlga qoʻygan tizim va qator avtokorxona masʼullariga nisbatan tegishli jazo choralari tayinlandi.
Shu bilan birga, sohada faoliyat yuritayotgan haydovchilar hamda avtokorxona xodimlarining oylik maoshlarini qayta koʻrib chiqish, transport vositalari uchun zarur ehtiyot qismlar xarid qilishni soddalashtirish, tumanlarda tez tibbiy yordam xizmati avtomashinalari uchun mini yoqilgʻi quyish shoxobchalarini tashkil etish boʻyicha takliflar oʻrtaga tashlandi.

Yigʻilish davomida vazir Amrillo Inoyatov “103” xizmatida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari, dispetcherlik xizmati mutaxassislari, ayniqsa haydovchilar bilan alohida muloqot qilib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikrlarini tingladi. Bu boradagi mavjud muammolarni tezkor va samarali hal etish yuzasidan masʼullarga zarur koʻrsatmalar berdi.
Izohlar 1
Исоқов Ўткир
2023-Jan-22 01:48Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir