So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda chillasi chiqmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi
“Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning yozishicha, mudhish voqea sodir boʻlishidan bir kun oldin qishloqqa tuman hokimi kelgan.
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, tun yarmida gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Olov oʻchgach, sizgan gaz tufayli uyqudagi kelin-kuyov zaharlangan. Ular ertalab xonadonida oʻlik holda topilgan.
“Tuman gaz idorasi aza boshlanmasidan xonadon egalarini texnika xavfsizligiga rioya qilmaslikda ayblab, dalolatnoma toʻldirib ketishdi. Oʻlganlar daʼvo qilolmaydi: hech kim gazni nega bemahal uzding, nega ogohlantirishsiz yoqding, deyolmaydi.
Shohroʻz Aʼzamov yangi yil arafasida uylangandi. Koʻpchilik qatori bir olam orzulari bor edi, essiz… Oila fojiasi - millat fojiasi, deydilar.Oʻsha kuni qishloqqa hokim kelgan ekan. Gazchilar bu vallomatga yaxshi koʻrinish uchun gazni balandlatib, masxarabozlik qilishgan.
Kechasi chegirib qolamiz, deganmi, bilmayman. Odamlar oʻlishi uchun urush boʻlishi shart emas. Mutasaddilarning uquvsiz va ahmoq boʻlishi yetarli. Ularni bu yoshlarning uvoli ursin!”, — deb yozdi Tashanov.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, kelin-kuyovning yaqinlari bu voqea toʻgʻrisida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermagan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir