So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Bosh vazir jarimaga tortildi
Garchi yuqori lavozimda ishlasa-da Rishi Sunak koʻp marotaba jarimaga tortilgan.

Britaniyaning Lankashir politsiyasi bosh vazir Rishi Sunakga xavfsizlik kamarini taqmasdan mashina haydagani uchun jarima solingani haqida bildirishnoma topshirdi, hukumat rahbari oʻz aybini tan oldi va jarimani toʻlashga rozi boʻldi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan soʻng, kecha (20-yanvar, juma kuni) Lankashirda avtomobil yoʻlovchi oʻrindigʻida ketayotganda xavfsizlik kamarini taqmagani tasvirlangan 42 yoshli londonlik erkakdan jarima toʻlashni soʻradik”, — deyiladi Lankashir politsiyasi bayonotida.
Sky Newsʻning xabar berishicha, Sunak Instagram sahifasida davlat mablagʻlarini koʻpaytirish boʻyicha oʻz dasturini ilgari surgan videosini joylagan.
Aynan ushbu videoda bosh vazir mashinada xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan. Voqea sodir boʻlgandan soʻng darhol Sunak qoidabuzarlik uchun aybini tan oldi.
Keyinroq bosh vazir idorasi rasmiy bayonot berib, jarimani toʻlashini vaʼda qildi. Avvalroq, Sunak Buyuk Britaniya moliya vaziri boʻlganida, koronavirus pandemiyasi davrida oʻzini-oʻzi izolyatsiya qilish qoidalarini buzgani uchun politsiyadan jarimalar olgan edi.



