So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Telegramʻda yangi funksiya paydo boʻldi
Telegram kanallari mualliflari pullik kontentni chop etish imkoniyatiga ega boʻldilar, endilikda kanal egalari obunichalar uchun maxsus post yaratib, buning ortidan pul ishlab olishlari mumkin boʻladi.
Kecha, 28-oktyabr kuni yangi funksiyaning kiritilishi haqida blogerlar oʻzlarining Telegram kanallarida xabar berishdi.
Xabarlarga koʻra, chop etilgan post standart messenjer animatsiyasi orqasida yashiringan - uni koʻrish uchun muallif tomonidan belgilangan miqdorni toʻlashingiz kerak.
Ushbu funksiyani xayriya uchun Telegram boti orqali ulashingiz mumkin, biroq funksiya hali sinov bosqichida ekanligi qoʻshimcha qilingan. Hozircha kompaniyadan yangilik haqida rasmiy xabar berilmagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Pavel Durov maxsus Fragment platformasida auksionlar yordamida Telegramʻda foydalanuvchi nomlarini sotib olish funksiyasi ishga tushirilganini maʼlum qilgandi.