So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Prezident topshirigʻi. Oʻquvchilar maktabning oʻzida 64 xil ishchi kasblarga oʻrgatiladi
Prezident tarmoq va hududlar rahbarlariga qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash borasida masʼuliyat va nazoratni kuchaytirishi lozimligini koʻrsatib oʻtdi.
20-yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb oʻrgatish tizimini rivojlantirish masalalari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Yigʻilishda xorijiy tillarni oʻqitish sifatini oshirish va oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish masalalari muhokama qilindi.
“Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutugʻi, bilmagani muammo”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Endi tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, oʻquvchilar maktabning oʻzida 64 xil ishchi kasblarga oʻrgatilishi koʻzda tutilmoqda.
Shu bois hokimliklarga ushbu tanlab olingan maktablarda kasb-hunar ustaxonalari tashkil etish, ularni jihozlash va zarur ashyolar bilan taʼminlash vazifasi qoʻyildi.
Bunga yoshlar yetakchilari va tadbirkorlar ham jalb etiladi, Yoshlar jamgʻarmasidan mablagʻlar yoʻnaltiriladi.
“Hozir tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilarni shu masala qiynayapti: boʻsh ish joyi koʻp, oyligi ham yaxshi, lekin oʻquvi va koʻnikmasi bor ishchi yoʻq. Agar bu tizim toʻgʻri tashkil qilinsa, bizdagi demografik oʻsish bilan katta natijalarga erishsa boʻladi”, – dedi davlat rahbari.
Shuningdek, oʻquvchilarni axborot texnologiyalari va “kreativ industriya” boʻyicha zamonaviy kasblarga oʻrgatish muhimligi taʼkidlandi.
Chet tillarini sifatli oʻrgatish uchun maktablarga “til egasi” boʻlgan pedagoglar jalb qilish, Prezident maktablarining til oʻrgatish tajribasi, darslik va dasturlarini tatbiq etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Yigʻilishda viloyat hokimlari tanlangan maktablar misolida xorijiy tillar va kasb oʻrgatishni rivojlantirishga oid rejalar yuzasidan axborot berdi.
Shuningdek, Prezident tarmoq va hududlar rahbarlariga qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash borasida masʼuliyat va nazoratni kuchaytirishi lozimligini koʻrsatib oʻtdi.
Tadbirkor va korxonalar faoliyatidagi muammoli masalalarni hal qilishda ularga yaqindan koʻmaklashish, zarur hollarda moliyaviy resurslar ajratish, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish va bozorlarda taklifni koʻpaytirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.