So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Xonalar sovuq, kotyollar eski, devorlar yemirilgan — mahbuslar va narkologiyadagilar qanday qishlayapti?
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazining Xorazm viloyati mintaqaviy filiali hamda 11-son tergov hibsxonasiga monitoring tashriflarini amalga oshirdi.
Oʻzbekistonda ob-havoning keskin pasayib ketishi jamiyat hayotida qator qiyinchiliklarni keltirib chiqargani hech kimga sir emas.
Ushbu jarayonda harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoitlarini oʻrganish maqsadida Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan monitoring tashriflari amalga oshirildi, deya xabar bermoqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.

2023-yilning 12 va 14-yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot Markazining Xorazm viloyati mintaqaviy filiali hamda 11-son tergov hibsxonasiga monitoring tashriflarini amalga oshirdi.
Narkologiya Markazining Xorazm viloyati mintaqaviy filialining issiqlik, elektr energiyasi va gaz bilan taʼminlanishi tekshirilganda muassasa binosi ikkita koʻmirda ishlaydigan isitish qozondan foydalangan holda isitilishi, yetarli miqdorda koʻmir zaxirasi bilan taʼminlanganligi aniqladi.
Bemorlar davolanayotgan xonalarda, xizmat xonalarida va umumfoydalaniladigan xonalarda harorat belgilangan meʼyordan pastroq ekanligi aytilgan.

Shuningdek, elektr energiyasi taʼminotida jadval asosida uzilishlar mavjudligi, bunday holatlar uchun elektr energiyasi bilan mustaqil taʼminlash choralari koʻrilganligi, filialni issiq suv bilan taʼminlash uchun suv isitish uskunalari bilan jihozlanganligi aniqlangan.
Muassasa rahbariyatiga filial binosini isitishda foydalanilayotgan koʻmirda ishlashga moʻljallangan isitish qozonlarini zamonaviy, tejamkor qozonlarga almashtirish tavsiya qilindi.
Ombudsman bemorlar bilan alohida suhbatlashganda muassasa xodimlariga va daʼvolash sharoitlariga nisbatan eʼtiroz, shikoyatlar bildirilmagan.

Filial tekshirish kunida zarur boʻlgan barcha dori-darmonlar bilan taʼminlanganligi, ular tanlab tekshirilganida yaroqlilik muddatlari oʻtmaganligi maʼlum boʻldi.
11-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslarni saqlash va yashash sharoitlarini oʻrganilganda kameralardagi isitish jihozlari soz holatda ishlayotganligi aniqlandi.

Lekin, kamera devorlarining va tomining bir qismi yemirilishga uchrab, taʼmirtalab holatga kelib qolganligi sababli hibsxona rahbariyatiga aniqlangan kamchilikni bartaraf etish boʻyicha tavsiya berildi.
Mahkumlar bilan suhbatlashilganda ham ularni saqlash sharoitlari va hibsxona xodimlariga nisbatan hech qanday shikoyatlar boʻlmadi.