Qidirish

14:32 / 2023-01-20 652 2 Siyosat

Angren shahar prokurori oʻqituvchilarni qor tozalashga majburladi

Prokurorning ogʻzaki buyrugʻi tarmoqlarda keng tarqalib, oʻqituvchilar tomonidan qoralandi.

world-news

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahri prokurori oʻqituvchilarni maktab binosini qordan tozalashga jalb qilgan videosi tarqaldi.

Unda prokuror va sektor rahbarlari shahardagi 21 sonli maktabni oʻqishga tayyorgarligini tekshirishga kelgani va maktabda holat yaxshi emasligini direktorga aytib, bino hududini tozalashga oʻqituvchilarni jalb qilishni buyurgan.

“Maktab umuman qordan tozalanmagan. Oʻqituvchilari ham yoʻq. Oylik olib yotishibdi bekordan-bekor”, — degan prokuror.

Bloger Nikita Makarenkoning yozishicha, ushbu videoxabardan soʻng, oʻqituvchilar majburiy mehnatga jalb etilgan.

Prokurorning buyrugʻidan keyin oʻqituvchilarning qoʻliga belkurak berib, qor tozalashga majbur qilishdi. Bu aqlga sigʻmaydi. Fuqarolar huquqlarini himoya qilishi kerak boʻlgan prokuratura zamonaviy qullik va odamlarni ekspluatatsiya qilishni tashkil qilishni oʻz zimmasiga oldimi?

Oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishni taqiqlovchi Prezident qarorini buzishga prokuror “SHAXSAN” koʻrsatma beryaptimi?

Men bu takabbur va unchalik aqlli boʻlmagan prokurordan bu oʻqituvchilarning hammasini yigʻishini, ulardan shaxsan uzr soʻrashini va majburiy mehnatni tashkil qilgani uchun oʻzini jazolashini talab qilaman.

Keyin esa belkurak olib, mustaqil ravishda Angren maktablarida qorni tozalasin. Bu foto va videoni intiqlik bilan kutamiz. Bu adolatning tiklanishi va qonunning gʻalabasi boʻladi.

Oʻqituvchilarning guruhlari va kanallari orqali ushbu videoning tarqalib ketganidan, oʻqituvchilar prokurorni jazolashni talab qilib, ekspluatatsiyadan charchaganliklarini va oʻz haq-huquqlari uchun kurashish zarur, deb hisoblayotgani meni alohida quvontiradi.

Bu toʻgʻri. Jang oson boʻlmaydi. Mamlakatda bunday prokurorlar hali ham koʻp. Oʻqituvchilar oʻzlarini himoya qilishni oʻrganishlari kerak va qoʻllariga belkurak olmasliklari kerak”, — deb yozdi u.

Mazkur holatga Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi munosabat bildirdi.

Pedagog xodimlarni xizmat majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb qilish taqiqlangan. Ushbu videolavha Bosh prokuraturaga yuborilgan va holat hozirda oʻrganilmoqda.

Jamiyatda oʻqituvchining obroʻsini oshirishni har birimiz oʻzimizdan boshlashimiz lozim. Bu borada kattalar yoshlarga oʻrnak boʻlishi va har doim barchamizga bilim bergan ustozlarga hurmat bilan muomalada boʻlishimiz shart.

Oʻrni kelganda, Prezidentimiz tomonidan oʻqituvchilarning nufuzini oshirish borasida qator topshiriqlar berilganini va “Oʻqituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman” deganlarini alohida taʼkidlash lozim”, — deyiladi munosabatda.

Shuningdek, vazirlik “Zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisida”gi Konvensiyaning (Jeneva, 28.06.1930) 6-moddasiga asosan maʼmuriyat amaldorlari, hatto ularning vazifasi ularga ishonib topshirilgan aholini qandaydir mehnat shakli bilan band qilishga koʻmaklashishdan iborat boʻlsada, ushbu aholi yoki alohida shaxslarni xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki tashkilotlar uchun ishlashga majbur qilishi mumkin emasligi eslatib oʻtdi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 10-maydagi 349-son qaroriga muvofiq Bosh prokuraturaga Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qoʻllash tavsiya etilganligini eslatgan.

Izohlar 2

Иван Васильевич
2023-Jan-20 18:23
Ифлос порохур прокурор Сен президентга каарорига Карши чикаяпсан Сен учун илм хунар урагатган устозлар бир пул булса керак ота она не шунака тарбиялаганми
Иван Васильевич
2023-Jan-22 12:30
Прокурор президент фармонини бажармаса бу хакда ижтимоий тормоз оркали жар солса хам узр халкка камок Янги Узбекистан
Fikr bildirish