So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ortiqxoʻjayev va uning oilasi Oʻzbekistondan chiqib ketishga uringani rost(mi?)
Garchi rasmiy manbalar tarmoqlarda yashin tezligida tarqalgan yangilikka munosabat bildirmagan boʻlsa-da, ushbu xabarlarda jon borga oʻxshaydi.
Toshkent shahar sobir hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev rafiqasi bilan Oʻzbekistonni tark etishga uringani qisman oʻz tasdigʻini topdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Toshkent shahri hokimining isteʼfoga chiqarilganini aytib, uning manziliga tanqdiy fikr bildirgan edi.

“Qish mavsumiga lozim tayyorgarlik qilmagani uchun Toshkent shahri hokimi Ortiqxoʻjayevni kechasi shtabda ishdan oldim. Quruq gap bilan, yolgʻon “svodka” bilan pastga tushmagani uchun, noinsof, oyogʻi yerdan uzilgani uchun uni ishdan oldim”, — degan edi Mirziyoyev.
Shu kuni bloger Nikita Makarenko oʻz manbalariga tayanib, Ortiqxoʻjayev va uning oilasi “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Turkiyaning Istanbul shahriga kechikib uchgan HY-271 reysi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgani, ammo uni Davlat xavfsizlik xodimlari toʻxtatib qolgani haqida xabar berdi. 
Garchi rasmiy manbalar tarmoqlarda yashin tezligida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirmagan boʻlsada, “Kompromatuzb” Telegram kanalida eʼlon qilingan suratda, ushbu xabar qisman boʻlsa-da oʻz tasdigʻini topdi.

Qayd etish kerak, Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev poytaxt kengashi deputati va senatorlik lavozimini, parlament yuqori palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi hamda Kengashning rahbarlar zaxirasini shakllantirish, tanlash, lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish boʻyicha komissiyasi aʼzosi boʻlib qolmoqda. Qonunchilikka koʻra, senator va kengash deputati vakolat muddati davomida daxlsizlik huquqiga ega.
Eslatib oʻtamiz, Prezident oʻtkazgan yigʻilishda Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror oʻrinbosari E.Yuldashev shahar prokurori etib tayinlangan edi.
Izohlar 1
Xikmatilla Rasulov
2023-Jan-20 19:33Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir