So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Qirgʻizistonlik siam egizaklari operatsiyasi oʻzbek tibbiyotiga bildirilgan katta ishonch boʻldi” — Inoyatov
Sogʻliqni saqlash vaziri Oʻzbekiston tibbiyot sohasida roʻy bergan olamshumul yangilikka munosabat bildirdi.
Xabaringiz bor, bugun, 19-yanvar kuni neonatal xirurgiya oʻquv-davolash-metodik markazida amalga oshirilgan oʻta murakkab amaliyot natijasida qirgʻizistonlik siam egizaklari bir-biridan ajratib olindi. Mazkur voqeaga Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov munosabat bildirdi.

“Siam egizaklarini jarrohlik yoʻli bilan ajratishga koʻp mamlakatlarda hatto eng mohir xirurglar ham jazm etolmaydi. Chunki bu — oʻta noyob operatsiya. Qolaversa, bir vujudga birlashgan ikki “jajji jon”ning hayoti har soniya xavf ostida boʻladi.
Hammasi shifokorning bilim va mahoratiga, lahzalar oraligʻida qabul qiladigan toʻgʻri qarorlariga bogʻliq. Oʻzbek xirurglari buni qatʼiyat bilan uddaladi. Tibbiyotimiz tarixi yana bir olamshumul voqea bilan boyidi.
Bugun qoʻshni qirgʻizistonlik egizaklarning yaqinlari bilan suhbatlashdim. Ular nima uchun aynan Oʻzbekiston shifokorlariga jondan aziz goʻdaklari taqdirini ishonib topshirganini hayajon bilan tushuntirishdi.
Avvalo, ikki qardosh xalqning bir-biriga mehr-oqibatidan quvongan boʻlsam, boshqa tomondan, oʻzbek tibbiyotiga uzoq-yaqin mamlakatlarda ham katta ishonch bildirilayotgani meni juda xursand qildi.
Oʻylaymanki, bu — davlatimiz rahbari belgilab bergan marralarning boshlanishi. Kelgusida xorijda joriy etilayotgan yangi va eng ilgʻor tibbiy amaliyotlarni yurtimizga olib kiramiz! Shunda bemorlarning har qanday vaziyatda ham uzoq mamlakatlarga davo istab borishiga mutlaqo ehtiyoj qolmaydi”, — deydi Inoyatov.

Mutaxassislar tomonidan bolalarning ahvoli stabil deb baholamoqda. Yaqin kunlarda chaqaloqlarni yashash joyiga chiqarishga umid qilinmoqda.
Maʼlumot uchun, goʻdaklar yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh, yaʼni opa-singillarning farzandlaridan dunyoga kelgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir