So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
“Boshida Prezidentning yoshlar, yoshlar deyishlari menga yoqmagan” — Alisher Usmanov
Matbuot anjumanida dastlab Prezident tomonidan qabul qilingan Farmonlarning mazmun-mohiyati tadbir qatnashchilariga batafsil tushuntirildi.
Bugun, 19-yanvar kuni Namangan viloyati sudida sudlarining 2022 yidagi faoliyat yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Ushbu matbuot anjumanida Effect.uz jurnalistlari qatnashdi.
Mazkur anjumanda dastlab Prezident tomonidan shu yilning 16-yanvar kuni qabul qilingan “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonlarning mazmun-mohiyati tadbir qatnashchilariga batafsil tushuntirildi.
Mazkur ikki muhim hujjat bilan aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlari yanada kengaytirilishi, 2023-2026-yillarda sud tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqilishi taʼkidlandi.
Matbuot anjumanida Namangan viloyati sudining raisi Alisher Usmanov hamda viloyat maʼmuriy sudining raisi sudlarda adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
“Biz qotib qolganmiz. Boshida men “Prezident nega yoshlar deyaveradi?” derdim, menga bu yoqmasdi, chunki yoshim katta. </em><em>Juda toʻgʻri aytar ekanlar, chunki biz ancha qotib qolgan ekanmiz.
Bizni Sovet davrida olgan bilimlarimiz sal boshqacharoq boʻlgan, hozirgi yoshlarimizni esa fikrlashi boshqacha. Shuning uchun “qotib” qolgan sudyalarimizni oʻzgartiramiz”, — deydi Usmanov.
Tahlillar, talqinlar, tafsilotlarda viloyatdagi sud idoralari tomonidan 2022-yil davomida koʻrilgan jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy hamda maʼmuriy ishlar tahlili, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan chiqarilgan ayblov hukmlari, jazo amaliyoti, ishlarni yuqori instansiyalarda koʻrish, oqlov hukmi, sudlanganlik holati shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan faoliyat, huquqiy targʻibot jarayonlari ifoda topdi.




Izohlar 1
