So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Vladimir Norov Qozogʻistonga borishi kutilmoqda
Sobiq Tashqi ishlar vaziri “Markaziy Osiyo-2030: kelajak qiyofasi” mavzuidagi ekspertlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Vladimir Norov shu yilning 20-yanvar kuni Ostona shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo-2030: kelajak qiyofasi” mavzuidagi ekspertlar uchrashuvida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda institut matbuot xizmati.
Maʼdum boʻlishicha, mazkur uchrashuv Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozogʻiston strategik tadqiqotlar instituti va Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan.
Shuningdek, unda Qozogʻiston Respublikasi davlat idoralari vakillari, Markaziy Osiyo mamlakatlari Prezident huzuridagi strategik tadqiqotlar institutlari rahbarlari hamda mintaqaviy hamkorlik masalalari boʻyicha ekspertlar qatnashadi.
Ekspertlar uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, transport va energetika, inson kapitalini rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, sobiq Tashqi ishlar vaziri joriy yilning 10-yanvar kuni Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimiga tayinlangan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir