So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
DXX ajal ogʻusini sotayotgan narkokuryerlarni qoʻlga oldi
Hozirda qoʻlga olingan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda koʻp bosqichli tezkor tadbir oʻtkazildi.
Maʼlum boʻlishicha, dastlab Karmana tumanida joylashgan “Samarqand muntazam” YPX maskanida “Spark” rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Urganch tumanida yashovchi, 1999-y.t., muqaddam sudlangan A.B.ning yonida 992 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida u narkotik moddani Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1996-y.t., muqaddam sudlangan T.M.dan sotib olganligi maʼlum boʻlib, u ham qoʻlga olindi.
Oʻz navbatida ushbu narkosavdogar ajal ogʻusini Samarqand shahrida yashovchi fuqarolardan xarid qilganligi aniqlandi va uning ishtirokida nazorat ostida olish tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazildi.
Jumladan, Samarqand shahrida yashovchi, 1991-y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan ayol X.X. va uning turmush oʻrtogʻi, 1982-y.t. X.F. 2 kg 966 gr. “gashish” moddasini 21 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlandi.
Bundan tashqari, tezkor tadbir davomida Bulungʻur tumanida yashovchi, 1985-y.t. X.M. ham 954 gr. “opiy” moddasini Samarqand shahrida sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Taʼkidlash lozimki, ushbu giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar 1
Набижон Нуруллаев
2023-Jan-25 00:58Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir