So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Yangi Zelandiya bosh vaziri isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi
Jasinda Ardernning ketishi haqidagi eʼlon Yangi Zelandiya aholisi uchun kutilmagan boʻldi.
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern bugun, 19-yanvar kuni isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Ardern oʻz lavozimini fevral boshidan kechiktirmay tark etishni rejalashtirmoqda. Siyosatchi xayrlashuv marosimida bosh vazir sifatidagi olti yil u uchun ogʻir vaqt boʻlganini aytib, hozirda mamlakatni boshqarishga kuchi qolmagani uchun lavozimidan boʻshashga qaror qilganini bayon qildi.

“Men siyosatchilar inson ekanligini bilaman. Biz qoʻlimizdan kelgancha hamma narsani qilamiz. Ular uchun ham ketish vaqti keladi, mening ham ketish vaqtim keldi”, — dedi Ardern.
Qayd etish joiz, Jakinda Ardernning bosh vazirligi davrida Yangi Zelandiya Kristtcherchdagi hujumlar, zilzilalar, siyosiy va iqtisodiy inqirozlar va koronavirus pandemiyasiga bardosh berdi. Ardernning aytishicha, u ishi unga qiyin boʻlgani uchun emas, balki bu lavozimdagi boshqalar yaxshiroq ish qila olishi uchun ketmoqda.
42 yoshli siyosatchi toʻrt yoshli qiziga vaqt ajratishni va uzoq yillik sherigi Klark Geyfordga turmushga chiqishni rejalashtirayotganini aytdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir