Qidirish

14:00 / 2023-01-19 479 0 Siyosat

«Биз демократия йўлидан кетмаяпмиз» — Расул Кушербаев

Deputat Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov tashabbusi bilan tayyorlangan Farmonda koʻplab kamchiliklar mavjudligini yozdi.

world-news

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmonga imzo chekdi.

Sobiq deputat Rasul Kusherbayev mazkur farmondagi oʻzgarishlarga munosabat bildirib, hujjatda kamchiliklar borligini maʼlum qildi.

Qaysi sohada rahbar yangilansa, oʻz dunyoqarashidan kelib chiqib sohani oʻzgartirishga qaratilgan normativ hujjat ishlab chiqishga harakat qiladi.

Bizda buni “falonchiyev islohoti”, deyishadi. Va tabiiyki bunda mutlaq vakolat va daxlsizlik nuqtayi nazaridan Prezident darajasida hujjat qabul qilishga intilish bor. Shunda hech kim buni muhokama qilolmaydi, faqat ijro etadi.

Kuni kecha sudlar faoliyatiga taalluqli va Oliy sud raisi Islamovning tashabbusi sifatida aytilayotgan Prezident Farmoni qabul qilindi.

Qancha xaspoʻslashmasin Farmonda Oliy sud oʻz ishini yengillatish, oʻziga yoqmagan ishlar va shaxslardan qutulish maqsadi turganligi yaqqol sezilib turibdi.

Eng daxshatlisi Farmonda “sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash” ham nazarda tutilmoqda.

Bu degani sud yoki sudyaning adolatsizligi va vijdonsizligini oʻz emotsiyalarida bildirib qoʻyganlik holati va tanqid ham sudga hurmatsizlik, deb qabul qilinishi va javobgarlikka tortili mumkin.

Demak hamma endi barvariga sudga jilmayib kirib, adolatsiz qaror qabul qilsa ham “o buyuk adolat peshvosi, sizga hurmatimiz cheksiz”, deb turishi kerak.

Meni oʻtgan yili FIB Toshkent shahar sudida kuzatuvchi sifatida qatnashganimda sud raisi “sudga salom bermay kirding”, deya oʻrnimdan turgʻizib tanbex bergandi.

Shunda bunaqa hurmattalablik ruxi bir ikkita sudʼyaning ambitsiyalari, deb oʻylagandim. Biroq adashibman: hurmatga loyiq qadamlari kam boʻlsa-da sud tizimi endi qonun yoʻli bilan majburan hurmatni talab qilib olmoqchi.

Biz hurmatga mehnat, adolat, halollik kabi sifatlar bilan erishiladi, deb oʻylagandik. Adashibmiz, bitta Farmonga qoʻl qoʻydirib qilsa ham boʻlarkan.

Islamov ochiqlikni xushlamaydigan, tanqidni qabul qilolmaydigan shaxs ekanligini koʻpchilik bilib boʻldi. Rahbarligining dastlabki vaqtlaridanoq sudni isloh qilish emas, sudning mustaqilligi va adolatli ishlashi uchun tanqid qilayotganlarga qarshi kurashishni boshlab yuborgandi.

Mana endi Islamov oʻz maqsadini amalga oshirishda qonuniy “richag”ga ega boʻlmoqda: sudni tanqid qilgan, emotsiyalarini izhor qilganlarni “sudga hurmatsizlik” sifatida baxolatib javobgar qilish va butunlay ogʻzini yopish.

Eng yomoni shuki normal, demokratik mamlakatlarda aslida sud fuqarolarni tanqid qilganlik, salbiymi ijobiymi imotsiyalarini bildirganlik uchun kuch ishlatuvchi tizimlar, yuqori amaldorlardan himoya qilishi, suyanch boʻlishi kerak. Bizda esa teskarisi: bizga sudni oʻzidan himoya kerak boʻlayapti. Demak biz demokratiya yoʻlidan ketmayapmiz”, — deb yozdi deputat.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq huquqshunos Huquqshunos Saidali Muxtoraliyev sud tizimini isloh qiluvchi farmonda koʻplab kamchiliklar borligini yozgan edi.

Izohlar 0

Fikr bildirish