So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ikki aviakompaniya samolyotlari favqulodda Oʻzbekiston aerodromlariga qoʻnishga majbur boʻldi
Moskva-Goa yoʻnalishida uchayotgan samolyot bortida zoʻravonlik qilgan yoʻlovchini tushurish uchun Toshkentga qoʻngan boʻlsa, Bishkekdan Istanbulga uchayotgan samolyot noqulay ob-havo tufayli muqobil aerodromga qoʻngan.
Bugun, 19-yanvar kuni ikki yoʻnalishda uchayotgan samolyotlar favqulodda Oʻzbekiston aerodromlariga qoʻnishga majbur boʻldi.
Uzbekistan airportsʻga koʻra, Istanbuldan Bishkekga uchayotgan “Turkish Airlines” aviakompaniyasining TK344 yoʻlovchi reysi manzil aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti – tuman, koʻrish masofasi 800 m, tufayli “Toshkent” xalqaro aeroportiga favqulodda qoʻndi. Ekipaj muqobil aerodromga joʻnab ketishga qaror qildi. Bortida 184 yoʻlovchi boʻlgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:42 da kelib qoʻndi.
“Ayni paytda samolyotning belgilangan aeroportga parvozini davom ettirish imkoniyati oʻrganilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Shuningdek, Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot mast yoʻlovchi sababli Urganchga qoʻnishga majbur boʻldi. Shu sababli ekipaj samolyot bortiga militsiya xodimlarini joʻnatishni soʻragan.
Bortida 356 yoʻlovchi boʻlgan Boeing 777-300 samolyoti kecha soat 20:29 da favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Zoʻravon yoʻlovchi reysdan olindi. Mazkur reys soat 22:41 da Goaga uchib ketdi.