So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Toshkent Issiqlik markazi” qayta tashkil etiladi
Issiqlik markazlari 2023-yil 1-iyundan boshlab bosqichma-bosqich “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga beriladi.
Joriy yil 13-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri markazlashgan issiqlik taʼminoti korxonalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, Toshkent shahar hokimligining “Toshkent issiqlik markazi” DUKni MCHJga aylantiriladi. 2023-yil 1-fevralgacha Jamiyat ustav kapitalidagi ulush balans qiymatda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga uning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish hisobiga beriladi.
Qayd etilishicha, jamiyat “Toshkent issiqlik markazi” davlat unitar korxonasining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
AJ Toshkent shahrida aholiga va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun oʻz vaqtida sifatli issiqlik energiyasini uzatish vazifasini hal qiladi.
Shuningdek, 1-martga qadar qozonxonalarni DXSH asosida, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Issiqlik markazlari 2023-yil 1-iyundan boshlab bosqichma-bosqich “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga beriladi. Hujjat 14-yanvardan boshlab kuchga kirgan.