So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda qurilish firmasining 20 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi
Hozirda bemorlarga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatilgan, ularning ahvoli qonikarli.
Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan qurilish firmasining 20 nafar ishchisida ovqatdan zaharlanish holati aniqlandi. Bu haqda Sanepidxizmat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, qurilish firmasining ishchilari Tez tibbiy yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya mikrobiologiya va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul boʻlimiga ovqat toksikoinfeksiyasi shubhasi bilan olib kelingan. Hozirda bemorlarga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatilgan, ularning ahvoli qonikarli.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati oʻzbekistonliklarga sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik, isteʼmol uchun moʻljallangan taomlarni tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishga chaqirdi.