So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Hokimlarga OTMlardagi taʼtil muddatini belgilash vakolati berildi
Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.

Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga oʻquv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Bunda, barcha talaba va oʻquvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi.
Shuningdek, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalari uchun qishki taʼtil muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryoʻl poyezdlariga qoʻshimcha joylar soni yanada koʻpaytirilib, xarid qilingan yoʻl chiptalari bepul almashtirib beriladi.
Bundan tashqari, tezyurar va yoʻlovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi.
Barcha temiryoʻl kassalarida talaba-oʻquvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki taʼtil yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin boʻladi. Biroq vazirlik bergan maʼlumotda samolyot chiptalari masalasiga aniqlik kiritilmagan.
Eslatib oʻtamiz, qishki taʼtildan keyin oliygohlarda darslar 9-yanvardan boshlanishi kerak edi. Avvaliga qattiq sovuq tufayli 18-yanvarga koʻchirilgan birinchi oʻqish kuni keyinchalik aksariyat hududlarda 23-yanvar, dushanbaga surildi. Faqat Fargʻona, Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi OTMlarda 11-yanvardan darslar boshlangan.



