So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ortiqxoʻjayevning ortidan uning yordamchisi ham ishdan boʻshatildi
Hozircha sobiq Toshkent shahar hokimi Kengash deputati va senatorlik rutbasidan boʻshatilmagan.
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov oʻzining birinchi imzolagan qarori bilan Jahongir Ortiqxoʻjayevning yordamchisini ishdan boʻshatdi. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, Muzaffar Abdurahmonov bilan mehnat shartnomasi orqa sana 13-yanvardan boshlab “oʻz xohishiga koʻra” formulirovkasi bilan bekor qilingan.

Eng qizigʻi, Toshkent shahar kengashi qarorlarini Tashpolat Matibayev imzolamoqda. Matibayev “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati Temiryoʻlchilar kasaba uyushmasi markaziy qoʻmitasiga qarashli “Sihatgoh” sanatoriysi bosh shifokori hisoblanadi. I.o hokim Rahmonov Kengash deputati emas. Hozircha sobiq Toshkent shahar hokimi Kengash deputati va senatorlik rutbasidan boʻshatilmagan.
Eslatib oʻtamiz, Jahongir Ortiqxoʻjayev lavozimidan boʻshatilgach, Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir