So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Talabalar xarid qilgan temir yoʻl chiptalari bepul almashtirib beriladi
Barcha temiryoʻl kassalarida talaba-oʻquvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki taʼtil yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin boʻladi.
Oliy taʼlim vazirligi talabalar uchun temir yoʻl chiptalariga qoʻyilgan chegirmalar uzaytirilishini maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga oʻquv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi.
Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Bunda, barcha talaba va oʻquvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi.
Shuningdek, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalari uchun qishgi taʼtil muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryoʻl poyezdlariga qoʻshimcha joylar soni yanada koʻpaytirilib, xarid qilingan yoʻl chiptalari bepul almashtirib beriladi.
Bundan tashqari, tezyurar va yoʻlovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi.
Barcha temiryoʻl kassalarida talaba-oʻquvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki taʼtil yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin boʻladi.