So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Moldovada oʻzbekistonlik erkak qoʻlga olindi. U terrorchilik jinoyatlarini sodir etganlikda gumonlanmoqda
Gumonlanuvchi xalqaro ekstremistik tashkilotlarning yuqori martabali aʼzosi ekanligi taxmin qilinmoqda.
Moldova poytaxti Kishinyovda huquq-tartibot idoralari AQSHda xalqaro qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga oldi. Bu haqda Moldova politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, gumonlanuvchi xalqaro ekstremistik tashkilotlarning yuqori martabali aʼzosi ekanligi taxmin qilinmoqda. U terrorchilik jinoyatlarini sodir etishda ayblanmoqda. Ilgari u Moldova hududida qotillikda ayblanib, jazo muddatini oʻtagan.
Ayni damda huquq-tartibot idoralari xodimlari hibsga olingan erkakni Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kuala-Lumpurdan Toshkentga Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida odam savdosi jinoyati boʻyicha xalqaro qidiruvda boʻlgan va Malayziyada uzoq vaqt yashirinib yurgan jinoyatchi olib kelingan edi.