So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bir hafta ichida gaz va “svet” muammosi hal etiladi — Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar hokimligida shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Hokimlikka koʻra, shahar hokimi oʻrinbosarlari, shahar va tuman sektorlari rahbarlari, bosh boshqarma va boshqarma boshliqlari, tashkilotlar masʼullari ishtirok etgan majlisda joriy yilning 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida energiya resurslari taʼminoti yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahar hokimligi rahbarlariga bildirilgan jiddiy tanqid va eʼtirozlardan kelib chiqib, vazifalar belgilangan.

Prezident tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklar, avvalo, bugungi kunda dolzarb boʻlgan elektr energiyasi va gaz taʼminotidagi uzilishlarni bartaraf etishga asosiy eʼtibor qaratildi.
Poytaxtning yangi hokimi bir hafta mobaynida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qondirish, sodir boʻlayotgan uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etishni topshiriq bergan.

Buning uchun mutasaddilarga ishga jiddiy kirishish, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanish, qoʻshimcha kuchlarni jalb etish topshirigʻi berildi.
Eslatib oʻtamiz, Jahongir Ortiqxoʻjayev lavozimidan boʻshatilgach, Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir