So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda 35 yoshli ayol “elektroset” xodimini soʻyib yuborish bilan tahdid qildi
Hozirda elektr montyorga pichoq bilan tahdid qilgan ayolga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida bir guruh fuqarolar elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlganligidan norozi boʻlib elektr taʼminoti korxonasiga borib, janjal koʻtarishganligi, bir nafar ayol kishi korxona xodimiga pichoq bilan tahdid qilganligi haqida videoxabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, ushbu hodisa Qashqadaryo viloyatida emas, Toshkent viloyatida sodir boʻlgan. Xabarga koʻra, joriy yilning 16-yanvar kuni Chirchiq shahar Elektr taʼminoti korxonasining dispecherlik punktida bir guruh aholi elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlganligidan norozilik bildirgan vaqtda, 35 yoshli ayol (V.N.) bezorilik harakatlarini oldini olish choralarini koʻrgan Chirchiq shahar Elektr taʼminoti korxonasi elektr montyoriga qarshilik koʻrsatib, oʻzidagi oshxona pichogʻi bilan uni oʻldirish bilan qoʻrqitib, tahdid qilgan.
Mazkur holat boʻyicha Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.