So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ishdan olingan Jahongir Ortiqxoʻjayev oilasi bilan Oʻzbekistondan chiqib ketishga uringan
Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishdan boʻshatilgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga oid xabarlar tarqaldi.
Xabarga koʻra, Prezident 16-yanvar kuni energetika resurslariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilishidan oldin Ortiqxoʻjayev oilasi bilan Oʻzbekistondan chiqib ketishga uringan, ammo DXX xodimlari sobiq hokimni Toshkent aeroportidan ortga qaytargan.
Qayd etish kerak, Prezident qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev lavozimidan ozod etib, uni tanqid ostiga olgan edi.
“Toshkent hokimini ishdan oldim. Quruq gap, yolgʻon svodka bilan pastga tushmagani uchun, noinsof oyogʻi yerdan uzilgani sabab ishdan boʻshatdim”, — degan edi Prezident.
Maʼlumot oʻrnida, Ortiqxoʻjayev oʻrniga Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror oʻrinbosari Erkin Yoʻldoshev shahar prokurori etib tayinlandi.