So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sardor Umurzoqov gaz masalasida yana bir marta Turkmanistonga bordi
Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov gaz masalasida Turkmaniston poytaxti Ashxobodga borgan.
“Xronika Turkmenistana” nashriga koʻra, 14-yanvar, shanba kuni prezident maʼmuriyati rahbari Sardor Umurzoqov muzokaralar uchun Ashxobodga borgan. U yerda tegishli shaxslar bilan gaz masalasi muhokama qilingan.
Maʼlumki, Turkmaniston 12-yanvardan boshlab “Daryoliq” stansiyasi orqali Oʻzbekistonga gaz yetkazib berishni toʻxtatgan edi. Bu hududdagi beqaror iqlim muhiti yaʼni gʻayritabiiy sovuqlar tufayli texnik sabablarga koʻra sodir boʻlgani aytiladi.
Past haroratlar “Galkanish” gaz kondensati konining kon ichidagi kommunikatsiyalarida gidrat hosil boʻlishiga olib kelgan.
Aynan shu sabablarga koʻra Turkmaniston-Oʻzbekiston-Qozogʻiston-Xitoy gaz quvuri orqali Xitoyga gaz eksporti sezilarli darajada kamaygan.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yil 12-dekabr kuni Sardor Umurzoqov Ashxobodga tashrif buyurib, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov bilan uchrashgan edi.
Effect.uzʻga Umurzoqov tashrifida Oʻzbekistonga qoʻshimcha ravishda kuniga 20 mln kub metr gaz (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) berish boʻyicha kelishuvga erishgani va bu boʻyicha shartnoma imzolangani maʼlumdir.

Oʻshanda yangi loyiha amalga oshadigan boʻlsa, Oʻzbekistonda qish kunlarida yuzaga kelgan gaz muammosi toʻliq hal qilinishi mumkinligi aytilgan edi, biroq hozirgi sharoitlardan kelib chiqib, bu loyihaning amalga oshishi kechikayotganligini koʻrishimiz mumkin.

Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir