So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Hududgaz Buxoro”ning mansabdor shaxslari qamoqqa olindi – Bosh prokuratura
Bosh prokuratura maʼlumotiga koʻra, Buxoro viloyat prokuraturasi, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari va “Oʻzneftgazinspeksiya” mutaxassislari hamkorligida viloyatdagi metan quyish shoxobchalari oʻrganilgan. Oʻrganish natijalarida jami 26,2 mlrd soʻmlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon - toroj qilingani aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, “D.A.” MCHJga qarashli 2 ta shoxobcha va “O.B.G.” MCHJga qarashli 1 ta shoxobchaga kelgan tabiiy gaz quvurlariga oʻrnatilgan “Avtopilot-PRO” rusumli gaz hisoblash uskunalari tekshirilganda, gaz hisoblagich uskunasidagi mavjud implyus trubkasiga oʻrnatilgan tamgʻani gaz mahsulotlari quvurlarida oʻgʻirlik qilish maqsadida hech qanday hujjatsiz boshqa tamgʻaga almashtirib, implyus trubkasini mahkamlab, gaz oʻtish harakati pasayishi natijasida hisoblagich diafragmasidan oʻtayotgan gaz hajmini sunʼiy ravishda kamaytirilgan holda koʻrsatilishiga erishgan.
Buning oqibatida, “D.D.” MCHJga qarashli 2 ta shoxobcha tomonidan 11,1 mlrd. soʻmlik hamda “O.B.G.” MCHJga qarashli shoxobcha tomonidan 15,1 mlrd. soʻmlik jami 26,2 mlrd. soʻmlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon - toroj qilinib, davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.
Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi va 207-modda 1-qismi hamda “D.D.” MCHJ va “O.B.G.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi doirasida 4 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
“Tergov harakatlari Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan oʻtkazilmoqda. Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi Bosh prokuratura maʼlumotida.