So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident Bosh vazir va energetika vaziriga muhim topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilishda vaziyatni oʻnglash boʻyicha mutasaddilarga bir qator topshiriqlar berdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov va energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudovga bor imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam koʻrsatadigan tizim yaratish topshirildi.
Kelgusida bunday vaziyatga yoʻl qoʻymaslik uchun hozirdan aniq choralarni belgilash, yaʼni qayerda gaz boʻlmasa, suyultirilgan gaz yoki koʻmir yetkazishni bugundanoq hal qilish vazifasi qoʻyildi.
Ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash vazifasi yuklatildi.
Energiya taʼminotida qayerda uzilish boʻlgan boʻlsa, uning sabablarini koʻrsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda yetkazish zarurligi qayd etildi.
Bugungi sovuq kunlarda qarzdorlik deb, xonadonlarni elektr va gazdan uzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi taʼkidlandi.
Izohlar 1
Azam Nazar
2023-Jan-16 14:17Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir