So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Xovosdagi ikki qavatli uyda portlash sodir boʻldi
Bugun, 15-yanvar kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi yashash uylaridan birida portlash sodir boʻldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bergan.
Taʼkidlanishicha, shu kuni soat 14:50da Xovos tumani “Qaxramon” MFY Qaxramon koʻchasida joylashgan 7-sonli ikki qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan.
“Chaqnash natijasida binoga qisman zarar yetgan, hozirda voqea joyiga yetib borgan viloyat raxbarlari va FVB boʻlimlari tomonidan dastlabki tadbirlar amalga oshirilmoqda”, deyiladi hokimlik xabarida.
Shuningdek, viloyat rahbariyati holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan. Ushbu portlash oqibati haqida hozircha maʼlumot mavjud emas.