So`ngi yangiliklar
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
“Buxoro turizm markazi” qurilishi uchun boshqa yer maydonlari tanlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroda aholining noroziligiga sabab boʻlgan turistik markaz qurishni toʻxtatishga shaxsan topshiriq bergani haqida xabar bergan edik.

Buxoro viloyati hokimligi jamoatchilik va fuqarolar fikrini inobatga olib, markaz qurish uchun boshqa maqbul yer maydonlari tanlanishini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilikning eʼtiroziga sabab boʻlgan Buxoro shahrida qurilishi rejalashtirilgan turistik markaz qurishni toʻxtatishga shaxsan topshiriq bergan.
“Bugungi kunda “Buxoro turizm markazi” loyihasi dastlabki bosqichda tayyorlanmoqda. Ushbu loyiha puxta ishlab chiqilgandan soʻng tegishli tartibda barcha kelishuvlardan oʻtkaziladi. Mazkur loyiha boʻyicha keng jamoatchilik va fuqarolar fikrini inobatga olib, boshqa maqbul yer maydonlari tanlanadi. Shuningdek, YUNESKO umumjahon markazining tegishli xulosasi olingan holda, yakuniy qaror qabul qilinadi va shundan soʻng qurilish ishlari boshlanadi”, deyiladi hokimlik axborotida.
Shuningdek, “Buxoro” futbol klubiga tegishli boʻlgan stadion buzilmaydi, ushbu turizm markazi boshqa hududda qurulishi kutilmoqda.




Izohlar 1
