So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryo hokimi ikki idora rahbarni ishdan boʻshatdi
Viloyat rahbari yigʻilishda masʼullarning muammolarni hal etishdagi faoliyati qoniqarqiz ekanligini taʼkidlagan.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov viloyat navbatchilik Shtabida odatdagi kechki muhokama yigʻilishini oʻtkazdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, yigʻilishda hududlarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil qilingan.
Viloyat rahbari bugun ham hududlarda bir qator muammolar aniqlanganligini taʼkidlab, masʼullarning muammolarni hal etishdagi faoliyati qoniqarqiz ekanligini qayd etgan.

Jumladan, birinchi navbatda aholiga gaz yetkazib berish lozimligi belgilangan boʻlsada Termiz shahri va Sherobod tumanida umumiy ovqatlanish shaxobchalari, hammom va boshqa tarmoqdan uzilishi kerak boʻlgan obyektlar tabiiy gazdan foydalanib kelgan.
Hudud masʼullari tomonidan bu holat nazoratsiz qoldirilgan, shuningdek, ushbu hududlarda gaz sohasi bilan bogʻliq qator muammolar mavjud boʻlib, ularni bartaraf etish boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmagan.

Faoliyatida xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi sababli Termiz shahar va Sherobod tumani gaz taminoti boʻlimi rahbarlarini egallab turgan lavozimidan ozod etish boʻyicha topshiriq berilgan.
Shuningdek, bugun viloyat hokimining hududlarga tashrifi davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman masʼullarining axborotlari tinglangan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir