So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buxoroda sport majmuasi buziladimi? Vazir “koʻzi qon”ga toʻlgan buxoroliklarga murojaat qildi
Bugun vazir boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro shahrida markaz loyihasi yuzasidan OAV va aholi vakillariga tushuntirish berishi rejalashtirilgan.
Buxoro shahrining qoq markazida 2023-yilda turizm markazi qurilishi rejalashtirilgan. Markaz barpo etilishi uchun shaharning Ibrohim Moʻminov va Mustaqillik koʻchalari oʻqi atrofidagi barcha bino va inshootlar, jumladan, katta sport majmuasi ham.
Markaz 33 gektar maydonda quriladi va ushbu maqsadlar uchun Buxoro viloyati budjetidan 2023-yilda 517 milliard soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan.
Ushbu xabar jamoatchilikda, xususan buxoroliklarga ogʻir botdi. Ular ijtimoiy tarmoq orqali markaz qurilishidan norozi boʻlib, Prezidentga murojaat yoʻllashdi. Ushbu holat yuzasidan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirov “Daryo”ga qisqacha intervyu berdi.

“Markazning loyiha taklifi boʻlgach, jamoatchilikka muhokama uchun qoʻyiladi. Buxoro shahrida aholi uchun alohida taqdimot qilib beriladi. Ayni vaqtda oʻrganish ishlari olib borilmoqda, xolos. Bu degani ertadan buzilish boshlanadi degani emas, hali oxirgi nuqta qoʻyilganicha yoʻq. Bu hozir loyiha taklifi, hali YUNESKO bilan kelishish bosqichi bor.
Hozir markaz tushadigan joyda xatlov ishlari olib borilmoqda. Yaʼni tartibga koʻra, u yerda qancha bino bor, kimga tegishli ekani haqida maʼlumot yigʻiladi.
Agar markaz oʻrnida joylashgan bino va inshootlar buziladigan yoki boshqa joyga koʻchiriladigan boʻlsa, loyiha tanlovida yutgan tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻrniga oʻrin qurib berish yoki oʻrnatilgan tartibda konpensatsiya toʻlib beriladi. Loyiha va qurilish ishlariga kamida ikki yil vaqt ketadi”, — deydi vazir.
Maʼlum boʻlishicha, bugun vazir boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro shahrida markaz loyihasi yuzasidan OAV va aholi vakillariga tushuntirish berishi rejalashtirilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir