So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Amir Temur jangovar bayrogʻi”, yangi generallar va unvoni koʻtarilgan prokurorlar — Prezident bir guruh harbiy xizmatchilarni mukofotladi
Bugun, 13-yanvar kuni Prezident Administratsiyasida harbiy xizmatchilarni va soha faxriylariga yuksak mukofotlar topshirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlarining bir guruh xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotladi.
Bir guruh ofitserlarga general-mayor unvoni topshirildi:

Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Qarshiyev Hamdam Aliqulovich;

Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni polkovnik Saidov Aybek Azadovich;

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondoni polkovnik Shermatov Farhodjon Ortiqovich.
Shuningdek:

Bosh prokuror oʻrinbosari Erkin Turaqulovich Yuldashevga 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi (general-mayor unvoniga teng) maxsus unvoni berildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Erkabay Aminovich Tadjiyevga 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi (general-mayor unvoniga teng) maxsus unvoni berildi.

Bundan tashqari Prezident tashabbusi bilan “Amir Temur jangovar bayrogʻi” mukofoti taʼsis etildi. Bu borada oʻtkazilgan tanlovda Markaziy harbiy okrug gʻolib boʻldi. Marosimda ushbu okrug qoʻmondoniga ilk bor “Amir Temur jangovar bayrogʻi” tantanali ravishda topshirildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir