So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mansabdorlarning qingʻir ishlarini fosh qildi, biroq ularning shaxsi yana sir saqlandi...
Fuqaro murojaati asosida sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi hamda bir qator xato va kamchiliklar aniqlandi, deya xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati.
Xabarga koʻra, 2019-yilda Italiyaning Pediluko shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha oʻtkazilgan turnir hamda oʻquv yigʻini mashgʻuloti uchun sarflangan 334,0 mln soʻm, 20 680 yevro va 1500 AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi maʼlum boʻlgan.
Shuningdek, 2020-yilda budjet mablagʻlari hisobidan jami 2,9 mlrd soʻmlik 6 ta shartnoma boʻyicha sotib olingan jihozlarning foydalanish uchun tarqatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoʻqligi aniqlangan.
Agentlik shu va boshqa bir qator holatlar boʻyicha toʻplangan hujjatlarga qonuniy baho berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshirish oʻtkazilib, natijasi boʻyicha prokuratura idoralari tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi, “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.