So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
“Bu tizim boshqa tibbiyot oliy oʻquv yurtlariga muqobil va raqobatchi boʻlishi kerak” — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-yanvar kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalini borib koʻrdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, ilgari bu shifoxaning binolari ham, ish uslubi ham eski edi. Davlatimiz rahbari 2018-yilda bu yerga kelib, uni rekonstruksiya qilish va zamonaviy jihozlash boʻyicha topshiriqlar berilgan.
Shu asosida katta hajmdagi qurilish-taʼmirlash ishlari bajarildi. Tibbiy uskuna va jihozlar yangilandi. Boshqaruvda klinik menejment joriy etilgan.
Gospital jami 700 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bu yerda harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, soha faxriylari bepul davolanadi.
Shuningdek, boshqa bemorlarga ham pullik xizmat koʻrsatiladi. Buning uchun 286 xil diagnostik tekshiruv, 600 dan ortiq amaliyotlar yoʻlga qoʻyilgan, 30 ga yaqin ixtisoslashgan boʻlimlar tashkil etilgan.
Xususan, jarrohlik boʻlimlari uchun 8 qavatli yangi bino barpo etilgan. Davlatimiz rahbari undagi sharoitlar bilan tanishdi. Bunday shifoxonalarni hududlarda ham tashkil etish zarurligi taʼkidlandi. Harbiylardan tashqari sportchilar va ayollarni davolash boʻyicha tavsiyalar berildi.
Taʼlim bilan amaliyot bogʻliqligi ham samarali yoʻlga qoʻyilgan. Ilgari bunday mutaxassislar Toshkent tibbiyot akademiyasining Harbiy tibbiyot fakultetida tayyorlanar edi.
Prezidentning 2020-yil 22-oktyabrdagi “Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mazkur fakultet negizida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi tuzildi.
Ahamiyatlisi, ushbu taʼlim maskani Markaziy harbiy klinik gospital yonida qurildi. Prezident bu yerdagi sharoitlarni ham koʻzdan kechirdi.
Akademiya 250 nafar talaba va tinglovchiga moʻljallangan. Bu yerda boʻlajak harbiy shifokorlar oʻqitiladi hamda tibbiyot xodimlari qayta tayyorlanadi.
Oʻquv binosida 2 ta fakultet, 5 ta kafedra, 2 ta markaz, institut va maʼmuriyat joylashgan. Xonalarda oʻquv va mashgʻulotlar uchun barcha sharoit yaratilgan. 186 oʻrinli yotoqxona ham bor. Davlat rahbari akademiyadagi taʼlimning mazmuniga alohida ahamiyat qaratdi.
"Bino va sharoitlar yaxshi, lekin bu ishning boshlanishi. Endi asosiysi harbiy tibbiyotning mazmunini, mohiyatini tushunib, oʻqishni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish kerak.
Buning uchun xorij tajribasi asosida pedagogik, ilmiy va amaliy tizim yaratish zarur. Bu tizim boshqa tibbiyot oliy oʻquv yurtlariga muqobil va raqobatchi, bitiruvchilar oʻz yoʻnalishi boʻyicha namuna boʻlishi kerak", – dedi Shavkat Mirziyoyev.