So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Elektron hisoblagichlarni sotib yuborgan elektromontyor qoʻlga olindi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mirzachoʻl tumanida elektron hisoblagichlarni sotib yuborgan ETK xodimi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzachoʻl tuman boʻlimi tomonidan Mirzachoʻl tuman TETKning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Tekshiruvda tuman ETK elektromontyori A.X. mutaxassis vazifasida ishlagan paytida, moddiy javobgar shaxs boʻla turib, aholi xonadonlari va ulgurji isteʼmolchilarga oʻrnatilishi lozim boʻlgan 68 mln soʻmlik 85 dona elektron hisoblagichlarni isteʼmolchilarga oʻrnatmasdan sotib yuborib, oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.



