So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Inoyatov “Quramax Medical” kompaniyasining barcha dorilarini sotishni toʻxtatishga koʻrsatma berdi
Samarqandda 18 nafar bola siropni qabul qilganidan soʻng, Qashqadaryoda 1 nafar, Fargʻonada bir nafar bola vafot etdi. Sirdaryo viloyatida 7 nafar bola siropdan zaharlangan.

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Oʻzbekistonda “Quramax” dori vositalari sotilishini toʻxtatish boʻyicha koʻrsatma berdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan oʻtkazilgan “Dok-1 Maks” hamda “Ambronol” dori vositalarining chuqurlashtirilgan sifat nazorat natijalariga koʻra, ushbu preparatlar normativ hujjatda koʻrsatilgan tarkibga nomuvofiqligi aniqlangan.
Xususan, ularning ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi oʻrniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi maʼlum boʻldi.
Shuni inobatga olgan holda aholi salomatligini muhofaza qilish va qolgan dorilarni ham qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazish maqsadida ehtiyot chorasi sifatida “Quramax Medical” MCHJ tomonidan 2022-yil Oʻzbekiston hududiga olib kirilgan barcha preparatlar sotuvi toʻxtatildi.
Ayni paytda birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari xodimlari oʻziga biriktirilgan barcha xonadonlarda faol patronaj ishlarini olib bormoqda.
Bunda, uyma-uy yurgan holda “Xonadon dori qutisi”ni shaxsan nazoratdan oʻtkazish, muddati oʻtgan preparatlar, saqlash qoidalari buzilgan hamda “Quramax Medical” kompaniyasining barcha dori vositalarini qabul qilmaslik va isteʼmoldan chiqarish yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Samarqandda 18 nafar bola siropni qabul qilganidan soʻng vafot etgan edi. Shuningdek, Qashqadaryoda 1 nafar, Fargʻonada bir nafar bola vafot etdi. Sirdaryo viloyatida 7 nafar bola siropdan zaharlangan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi laboratoriya tekshiruvi oʻtkazdi va dori tarkibida 18 nafar bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan zaharli modda topilgan. Davlat xavfsizlik xizmati Samarqandda bolalarning ommaviy oʻlimi boʻyicha tergov ishlarini boshladi.
Hindiston hukumati Dok-1 Maks preparatini ishlab chiqargan kompaniyaga nisbatan ham ish ochgan. Tergov Uttar-Pradesh litsenziyalash va giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.



