So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
“Oʻzbekneftgaz”: Shoʻrtan regionida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish borasidagi ishlar holati oʻrganildi
“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi korxonada ishlayotgan rahbarlar va geolog xodimlarga, yanada qazib olish hajmlarini oshirish yoʻnalishida ishlarni tashkil etish, shu hududda izlov qidiruv ishlarini jadallashtirish yoʻnalishida koʻrsatmalar berib oʻtdi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” aʼzolari tomonidan “Shoʻrtan” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shoʻrtan” konidagi 360, 362, 377 va 393-sonli burgʻilash quduqlari hamda “Terrigen” 1-sonli izlov-qidiruv qudugʻini burgʻilash ishlari holati joyidan oʻrgandi.
“Shoʻrtan” boshqarmasida 2022-yilda tabiiy gaz qazib chiqarish koʻrsatkichi 8,95 mlrd. kub metrni tashkil etib, tabiiy gaz 10 ta gaz konlaridagi 273 ta ishlatish quduqlaridan qazib olinadi.
Ushbu konlardan oʻrtacha bir kunda 24,5 mln. kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilmoqda. Konlardan qazib olingan gaz 8 ta gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarida birlamchi tayyorlanib, Siquv kompressor stansiyalarida bosimi oshirilib qayta ishlash uchun “Shoʻrtan bosh inshooti”ga uzatiladi.
Shuningdek, “Shoʻrtan” konlari “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” va “Uzbekistan GTL” zavodining asosiy xom ashyo bazasi hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi korxonada ishlayotgan rahbarlar va geolog xodimlarga, yanada qazib olish hajmlarini oshirish yoʻnalishida ishlarni tashkil etish, shu hududda izlov qidiruv ishlarini jadallashtirish yoʻnalishida koʻrsatmalar berib oʻtdi.
Shuni taʼkidlash joizki, joriy 2022-yilda “Shoʻrtan” boshqarmasida geologo-texnik tadbirlar doirasida 16 ta yangi burgʻilash quduqlari burgʻilanib ishga topshirildi, mavjud 116 ta quduqlarda taʼmirlash va intensifikatsiya ishlari bajarildi hamda 6 ta texnologik obyektlar ishga tushirilib, qoʻshimcha 363,8 mln kub metr gaz va 6,9 ming tn gaz kondensati qazib olishga erishildi.
Ushbu yoʻnalishda texnologik tadbirlar doirasida “Shoʻrtan” konidagi gaz yigʻuv joylarida quduqlaridan qazib olinayotgan gazni dastlaki tayyorlash uchun 3 ta gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi qurilib ishga tushirildi, ushbu qurilmalardagi uskunalar “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonlaradan olib foydalanilishi, shuningdek qurilish brigadalari esa “Shoʻrtan” boshqarmasining qurilish sexi xodimlari tomonidan oʻz kuchlari bilan qurishga erishilib, sarf xarajatlarni qisqartirilishiga ham olib keldi.



