Qidirish

13:22 / 2022-12-26 198 0 Jamiyat

Toshkent shahrida 425 ta yer uchastkalari auksionga chiqarilgani maʼlum boʻldi

world-news

- Bugungi kunda tahririyatimizga yerlarning auksion savdolari bilan bogʻliq turli savollar boʻlmoqda. Keling, dastlab shu savolga oʻzingiz javob berib oʻtsangiz.

- Yer kodeksining 23-moddasiga asosan tadbirkorlik va shaharsozlik uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar elektron onlayn-auksion orqali ijara va mulk huquqi asosida ajratiladi.

Yerlarni auksion orqali sotish tartibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshiriladi.

- Poytaxtda joriy yil qancha yer autsionga chiqarildi?

- Toshkent shahrida 2022-yilning 15-dekabr holatiga, “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi Vazirlar Mahkamasining 71-son qaroriga asosan Tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadalarida yer uchastkalarini elektron auksion savdolariga chiqarish boʻyicha jami 663 ta (155,85 ga) boʻsh yer maydonlari auksion orqali realizatsiya qilish maqsadida vakolatli tashkilotlar muhokamasiga kiritilgan.

Mazkur yer uchastkalarining:

425 tasi (95,18 ga, boshlangʻich narxi 508,64 mlrd. soʻm) elektron auksion savdo maydonchasiga chiqarilgan.

Auksion orqali umumiy maydoni 59,04 ga boʻlgan 265 ta yer uchastkalari  357,70 mlrd. soʻmga sotilgan.

Hozirda savdoda umumiy maydoni 33,69 ga boʻlgan 137 ta yer uchastkasi mavjud boʻlib, ularning boshlangʻich narxi 200,37 mlrd. soʻmni tashkil etadi.

Bundan tashqari:

- umumiy maydoni 12,73 ga boʻlgan 141 ta yer uchastkalari vakolatli tashkilotlar muhokamasida rad etilgan;

- umumiy maydoni 47,93 ga boʻlgan 97 ta yer uchastkalari vakolatli tashkilotlar muhokamasida.

Qanday holatda yerlarni auksion savdolariga chiqarish boʻyicha kiritilgan takliflar rad etilishi mumkin?

Agar hududda yer osti muhandislik tarmoqlari (gaz, elektr tarmoqlari, kanalizatsiya va ichimlik suvi quvurlari) mavjud boʻlsa, ushbu koʻrsatilgan hududni ajratishning imkoni boʻlmaydi. Shu bilan birgalikda ajratilishi rejalashtirilgan yer maydoni qurilish chizigʻidan tashqariga chiqib ketgan, qisman koʻchaning qizil chizigʻi va muhandislik tarmogʻi himoya hududida joylashgan boʻlsa, bunday holatdayam bildirilgan taklif rad etiladi.

Fuqaro va tadbirkorlar ham boʻsh turgan yer uchastkasini tanlab, uni auksionga qoʻyish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha taklif kiritishi mumkinmi?

Ha, mumkin. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi filial bilan birgalikda hududlar va aholi punktlari, master-reja va shaharsozlik hujjatlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining “YERELEKTRON” AATning ochiq elektron portali orqali yuborilgan takliflarini koʻrib chiqish natijalari asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni tayyorlaydi.

- Hamyurtlarimiz Toshkent shahrida auksionga chiqarilgan yerlar haqida qanday xabardor boʻlishlari mumkin?

- Tadbirkorlik uchun mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari haqidagi maʼlumotlarni e-auksion.uz sayti orqali olish mumkin. Bundan tashqari, Boshqarmamizning ijtimoiy tarmoqdagi t.me/kadastr_uzb rasmiy sahifasida ham muntazam auksion savdolari haqidagi maʼlumotlar yoritib boriladi.

Yana bir muhim eslatma: “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali fuqaro va tadbirkorlar shaffof, ochiq yoʻl bilan yer uchastkalarini sotib olishlari mumkin.

Jasur Karimov, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi

Izohlar 0

Fikr bildirish