So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Sirdaryoda “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” boshligʻi fermerlarga Xitoy chigitini ekishga undaydigan “ogohlantirish xati” yubordi
Fermerlar kengashi Xitoy urugʻlik chigitini ekish majburiy emasligini bildirib, fermerlik faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik borligini eslatdi.
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani “Birlashgan”SIUdagi fermer xoʻjaligi rahbari M.Shomirzayev “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” DM Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi tomonidan 2026-yil hosili uchun urugʻlik paxta zaxirasini yaratish maqsadida, xorijiy XinLuZao-52 va XinLuZao-78 navlari urugʻlik chigitlarini ekish zarurligi haqida ogohlantirish xati berilganligidan noroziligi haqidagi murojaat Fermerlar kengashi tomonidan oʻrganib chiqilgan.
OGOHLANTISHI XATI quyidagicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 43-sonli qarori bilan paxtachilikda yuqori samarali intensiv agrotexnologiyalarni qoʻllash hamda kasallik va zararkunandalarga chidamli xorijiy gʻoʻza navlari yetishtirish orqali hosildorlikni oshirish boʻyicha vazifalar belgilab berilgan.
Mazkur qaror ijrosini yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 1-apreldagi 05/22-07-117-sonli topshiriq xatida, joriy yil hosili uchun yuqori hosildor xorijiy navlarni yetishtirish hamda keyingi yillar uchun xorijiy XinLuZao-52 va XinLuZao-78 navlaridan sifatli urugʻlik fondini yaratish belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib siz rahbarlik qilayotgan fermer xoʻjalik “E-urug” axborot tizimida oʻtkazilgan tender tanlovi gʻolib sifatida 2026-yil hosili uchun urugʻlik paxta zaxirasini yaratish maqsadida, xorijiy XinLuZao-52 va XinLuZao-78 navlari urugʻlik chigitlarini ekishingiz boʻyicha ogohlantiramiz.
Urugʻchilikni rivojlantirish markazi
Fermerlar kengashining munosabati:
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasiga asosan fermer ijaraga olingan yer uchastkasida oʻz ustavida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga va ijaraga olish shartnomasiga muvofiq fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish hamda ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirishni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi bor.

Qayd etish joizki, Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻzining rasmiy telegram kanalida 2025-yil 20-mart kuni Xitoy urugʻlik chigitini ekish majburiy emasligi haqida rasmiy munosabat bildirgan.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-1-moddasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Shu bois, Fermerlar kengashi tomonidan 2025-yil 7-aprel kuni Qishloq xoʻjaligi vazirligining Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga fermerlarga qonunchilikka zid majburiyatlar yuklamaslikni, ularning ijaraga olingan yerida oʻz ustavi, ixtisoslashuvi, ijaraga olish shartnomasiga muvofiq ekinlarni mustaqil joylashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish huquqlariga rioya etishini soʻrab murojaat kiritilgan.