So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
Oʻzbekistonlik bokschilar Braziliyadagi Jahon kubogida 5 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi
Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida boks boʻyicha Jahon kubogi yakuniga yetdi. “World Boxing” tomonidan tashkil etilgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini oʻziniki qildi.
Turnirda -50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Asilbek Jalilov, -75 kg vaznda qatnashgan Fazliddin Erkinboyev, -80 kg vaznda Javohir Ummataliyev, -90 kg vazn toifasida Toʻrabek Habibullayev va +90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jahongir Zokirov oltin medalni qoʻlga kiritdi. Finalgacha yetib kelgan -55 kg vazn toifasi vakili Mirazizbek Mirzahalilov va -85 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Akmaljon Isroilov kumush medalga sazovor boʻlgan boʻlsa, -60 kg vazn toifasida mahoratini sinab koʻrgan Madiyar Daniyarov bronza medaliga ega chiqdi.
Umumjamoa hisobiga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan 2-oʻrinni egalladi. Peshqadam mezbon Braziliya terma jamoasi boʻldi, braziliyaliklar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi. Kuchli uchlikka Qozogʻiston terma jamoasi vakillari yakuni yasadi. Qozogʻistonlik bokschilar 3 ta oltin (2 ta erkaklar va 1 ta ayollar) va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.